“Ingliz tilida debat”i g‘oliblari taqdirlandi
Shu kunlarda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida “Toshkent yoshlarni sevadi!" shiori ostida barcha hududlarda yoshlar sayllari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, poytaxtimizda yoshlar o‘rtasida “Ingliz tilida debat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan bellashuvda yoshlarimiz jamoalarga bo‘linib, “Ingliz tilida debat” intellektual o‘yinida qatnashdi.

Bellashuvning yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rin “Kingsman” jamoasiga, ikkinchi o‘rin “Hardwork” jamoasiga hamda uchinchi o‘rin “School Boys” jamoasiga nasib qildi.
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA