O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, harbiy qism va ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida ingliz tili viktorinasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur viktorinada Milliy gvardiya Buxoro, Farg‘ona, Navoiy, Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmalari, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan jamoalar bilan bir qatorda tizimdagi “Temurbeklar maktabi” va Harbiy musiqa akademik litseylarining yosh, iqtidorli o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalar 3 ta shart asosida bellashdilar.
Jamoa a’zolarining bilim va ko‘nikmalari hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholab borildi.
“Tanishtiruv”, “Savol-javob”, “Sardorlar bellashuvi” shartlarida har bir jamoa kreativ yondashgan holda videoroliklardan foydalanib, O‘zbekiston tarixi, Konstitutsiya savodxonligi va milliy madaniyatimiz hamda Jadidchilik va uning asoschilari haqida ingliz tilida og‘zaki gapirib berdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyining “Young Temurids” jamoasi uchinchi, Harbiy musiqa akademik litseyining yosh va iqtidorli o‘quvchilaridan tashkil topgan “Perfect generation” jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Jamoat xavfsizligi universitetining “The Invincibles” jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Musobaqa g‘oliblariga kubok va sovrinlar topshirildi.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/_QAShKqcsc4?si=hlh5LAn8cEfyyHiX" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova,
O‘zA