Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda yangi bosqich
19:01 / 2026-01-07

Britaniya Kengashi O‘zbekistonda ingliz tili ta’limini rivojlantirish va bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash (PRESETT) tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan milliy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Qayd etish joiz, ushbu tashabbuslar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, shu kunlarda poytaxtimizda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlovchi 50 dan ortiq davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida PRESETT milliy forumi o‘tkazilmoqda.

Forumda bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashdagi ustuvor yo‘nalishlar, mavjud muammolar, refleksiv amaliyot va inklyuziv ta’limni o‘quv dasturlariga integratsiya qilish masalalari muhokama qilinmoqda.

E’tiborli jihati, joriy yilning 8 yanvar kuni Britaniya Kengashi va A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamkorligida o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi milliy platforma — “CPD Xab” ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QvgkXcwvRlw" title="Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda yangi bosqich" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Oybek Davronov (O‘zA), O‘zA