Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ingliz tili o‘qituvchilari uchun xorijlik mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar boshlandi
17:23 / 2021-04-02

Poytaxtimizdagi umumta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilarining tilni bilish darajasini CEFR C1 darajasiga ko‘tarish maqsadida xorijlik trenerlar boshchiligida seminar-treninglar boshlandi.

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda British Management University hamkorligida tashkil etilgan kurslarda qatnashish uchun 30 nafar chet tili o‘qituvchisi tanlov asosida saralab olindi.

Boshqarma xabariga ko‘ra, o‘quv-mashg‘ulotlari joriy yilning iyun oyiga qadar davom etadi.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA