Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ingliz tili o‘qituvchilari endi S2 darajasini qiynalmay qo‘lga kiritadi (+video)
15:50 / 2026-02-14

O‘zbekistonda 1500 nafardan ziyod ingliz tili va boshqa fan o‘qituvchilari uzluksiz kasbiy rivojlanish (CPD) dasturini xalqaro standart asosida amaliyotga joriy etmoqda. Xususan, ayni yo‘nalishda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “British Council” hamda Buyuk Britaniyaning “Norwich Institute for Language Education” (NILE) muassasasi hamkorligida “Maktab chempionlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur dastur doirasida muallimlar o‘z maktabida zamonaviy uslub va kasbiy rivojlanish mexanizmini hayotga tatbiq etmoqda.

Masalan, ikki kunlik “Uzluksiz kasbiy rivojlanish festivali” 218 maktabdan kelgan “maktab chempionlari” va milliy konsultantlarni bir maydonga jamladi. Seminar-trening shaklida o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilar ta’lim dargohida SPD dasturini kengaytirish, tajriba almashish va hamkasblarni jarayonga jalb etishning samarali usullarini muhokama qilyapti. Anjuman bahonasida loyihaning uch yillik natijasi sarhisob qilinib, erishilgan yutuqlar e’tirof etilmoqda.

2023-yil boshlangan “Maktab chempionlari” tashabbusi doirasida shu kungacha 4500 dan ziyod tadbir tashkil etildi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, uzluksiz o‘rganish madaniyatini shakllantirish o‘qituvchini nafaqat bilim beruvchi, balki yoshlarni ilhomlantiruvchi yetakchiga ham aylantiradi. Natijada oddiy o‘quv maskani mahoratli mutaxassislar hamjamiyati mavqeiga ko‘tariladi.

Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni jadallashtirish (AELLCA) dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirtashkilotchilari mintaqada inklyuziv va zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadini ko‘zlagan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_9RK84lzFIw" title="Ingliz tili o`qituvchilari endi  S2 darajasiniqiynalmay qo`lga kiritadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Doniyor Yoqubov (video), O‘zA