FOTOREPORTAJ
Davlatobod tumanida barpo etilayotgan Yangi Namangan shaharchasida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, infratuzilmani zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, hududda issiqlik ta’minotini yaxshilash yo‘nalishida yirik loyiha hayotga tatbiq etilmoqda.
[gallery-24531]
Mazkur loyiha doirasida "Rakurs Servis" MCHJ tomonidan 37 milliard so‘mlik loyiha asosida 12,5 Mv quvvatga ega ikkita zamonaviy qozonxona o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mavjud issiqlik tarmog‘i 1,3 kilometrdan 2,6 kilometrgacha kengaytirilmoqda. Ushbu loyihaning to‘liq ishga tushirilishi natijasida shaharchada bunyod etilayotgan yangi ko‘p qavatli uylarga barqaror va sifatli issiqlik energiyasi yetkazib beriladi.
Ushbu loyiha nafaqat issiqlik ta’minotini yaxshilash, balki shaharcha infratuzilmasini yanada barqaror rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA