French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Infraqizil tibbiyot termometrlari bepul tekshirib beriladi
18:47 / 2020-03-21

Inson tanasidagi haroratni tezkor tekshirish infraqizil tibbiyot termometri orqali amalga oshiriladi.


Bugun dunyoda muammo keltirgan Koronavirus COVID-19 kasalligining yurtimizda tarqalishini oldini olish borasida hukumat tomonidan samarali choralar koʻrilmoqda va ulardan biri infraqizil tibbiyot termometrlaridan foydalanish boʻlib, bu birinchi chora koʻrish omili hisoblanadi.

Inson tanasidagi haroratni tezkor tekshirish infraqizil tibbiyot termometri orqali amalga oshiriladi. Bu termometr qisqa vaqt davomida bir nechta insonlarni ketma-ketlikda tana haroratini oʻlchash mumkin. Maʼlumki, mazkur tibbiyot termometrlari toʻgʻri ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun ularni metrologik tekshiruvdan oʻtkazilib turiladi. Bu tekshiruv esa oʻz navbatida, maxsus namunaviy oʻlchash vositalari yordamida laboratoriyada malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan aholining sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida infraqizil tibbiyot termometrlari tekshiruvini ayni paytda bepul amalga oshirilishini eʼlon qiladi. Buning uchun Oʻzbekiston milliy metrologiya institutiga murojaat qilishingiz kifoya...