Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inflyatsiya yuqoriligi bo‘yicha dunyoda qaysi mamlakat yetakchi?
11:35 / 2024-01-05

Venesuela o‘tgan yilning oktyabrida dunyoda inflyatsiya eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar reytingida yetakchiga aylandi. Mamlakatda narx-navolar 317 foizga o‘sgan.

Milliy valyutaning qadrsizlanishi bo‘yicha Venesuela bilan yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 215 foiz bo‘lgan Livan va 143 foizlik ko‘rsatkichga erishgan Argentina raqobat qila oladi xolos. Antirekordchilar ro‘yxatining beshligidan 61,4 foiz Turkiya va 54,6 foiz bilan Serra-Leone joy olgan.

O‘tgan yilda yuqori inflyatsiya ko‘rsatkichlari Yevropa mamlakatlarida ham qayd etildi. Bu borada birinchi o‘rin Vengriyaga (9,9%) beriladigan bo‘ldi. Undan keyin Serbiya (8,5%) va Ruminiya (8,1%) joy olgan. Milliy valyutaning qadrsizlanishi eng past mamlakatlar qatoridan esa Belgiya (0,4%) va Daniya (0,1%) joy oldi. 

Bu borada Yaqin Sharq mamlakatlarida ham ahvol unchalik yaxshi emas. Masalan, Livan, Turkiya va yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 39,2 foizni ko‘rsatgan Eron antirekordchilar ro‘yxatining boshidan joy egallagan. Bir necha yildan buyon fuqarolar urushi girdobida qolgan Liviyada inflyatsiya ko‘rsatkichi eng past bo‘lgani qayd etildi. 

Osiyo mamlakatlri orasida o‘tgan yilning xuddi shu davrida narx-navo ayniqsa, Pokistonda (26,9 foiz) yuqori bo‘ldi, deyiladi hisobotda. Keyingi o‘rinlarni Laos (25,8 foiz) va Qozog‘iston (10,8 foiz) egallagan. Qit’aning narxlar barqarorligi eng yuqori bo‘lgan davlati esa Bruney sultonligi (0,1%) bo‘ldi.

Umuman olganda, dunyo mamlakatlarining yarmida oktyabr oyida narxlar o‘sish sura’ati 4,8 foizdan yuqori bo‘lgan. Ular orasida 6,7 foizlik ko‘rsatkich bilan Rossiya ham bor, deydi “RIA Novosti” agentligi tahlilchilari. Shuningdek, antireytingda yuqori o‘rinlarni Keniya (6,9 foiz) va Polsha (6,6 foiz) ham egallagani aytiladi.

Dunyoning 97 mamlakatida oktyabr oyida inflyatsiya sekinlashgan, bu borada Gaitida milliy valyuta qadri bir yo‘la 9 foizga mustahkamlangan. Shuningdek, narx tushishi Surinamda 8 foizni, Ruandada esa 5,5 foizni tashkil etgan.

Mazkur tadqiqot BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta mamlakat milliy statistika xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslangani aytilmoqda.

Yaqinda O‘zbekiston statistika agentligi 2023 yil yakunlari bo‘yicha 8,77% lik inflyatsiya qayd etilganini ma’lum qildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yangi davrda qayd etilgan eng past inflyatsiya ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Noyabr oyida O‘zbekiston Markaziy banki ushbu oy uchun aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etgan. Hududlar kesimida inflyatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri — 15 foiz va Sirdaryo viloyatida — 13,5 foiz, eng past darajasi Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 10,7 foiz sezilgan. 

Internet materiallari asosida S.Rahimov tayyorladi, O‘zA