French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inflyatsiya 7,2 foizgacha pasaydi
14:09 / 2026-02-06

2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 0,7 foizni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya esa 7,2 foizgacha pasaydi. Bu ko‘rsatkich 2016 yildan beri qayd etilgan eng past daraja sifatida baholanmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, inflyatsiyaning pasayishi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, pul-kredit siyosatini qat’iy yuritish hamda bozordagi taklif hajmini oshirish bilan bog‘liq.  

Shu bilan birga, yanvar oyida ayrim asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxida o‘sish kuzatildi. Xususan, qo‘y go‘shti 1,6 foizga,  suyaksiz mol go‘shti 1,1 foizga, parranda go‘shti  1,5 foizga, xom sut 1 foizga qimmatlashdi.

Bu holat mavsumiy omillar, ishlab chiqarish xarajatlari hamda bozordagi talab bilan izohlanmoqda. Yanvar oyida eng katta narx o‘sishi sug‘urta va moliyaviy xizmatlar sohasida 40,8 foiz qayd etildi. Bunga 1 yanvardan boshlab sug‘urta xizmatlari tariflarining keskin oshirilgani asosiy sabab bo‘ldi.

Markaziy bankning asosiy maqsadi inflyatsiya darajasini 5 foizgacha tushirish hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkichga 2027 yil oxiri 2028 yil boshlarida erishish rejalashtirilgan.

Prognozlarga ko‘ra, 2026 yil oxirida inflyatsiya 6,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Sh.Mamaturopova, O‘zA