Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inflyatsion kutilmalar pasayishda davom etmoqda
12:12 / 2025-08-14

Markaziy bank tomonidan joriy yilning iyul oyida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, aholining inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan pasayib, 12,9 foizni tashkil etdi. Aholining yuqori inflyatsion kutilmalari umumiy ovqatlanish va ta’lim sohalari vakillari tomonidan bildirilgan bo‘lsa, kelgusida narxlar shakllanishi bo‘yicha nisbatan past kutilmalar talabalar hamda savdo sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.

Aholi tomonidan yuqori sezilgan inflyatsiya darajasi ta’lim va davlat tashkiloti vakillari tomonidan bildirilgan bo‘lsa, nisbatan past sezilgan inflyatsiya darajasi savdo hamda maishiy xizmat sohalari vakillari tomonidan qayd etildi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining kutilmalari esa o‘tgan oyga nisbatan oshib, 12,1 foizga teng bo‘ldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, iyul oyida O‘zbekistonda aholining inflyatsion kutilmalari 12,9 foizgacha pasaydi. Bu so‘nggi bir yildagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Biznes vakillarining inflyatsion kutilmalari o‘tgan oy biroz o‘sib, 12,1 foizga yetdi. Tadbirkorlar ham, oddiy aholi ham kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida kommunal xizmatlar qimmatlashishi, valyuta kursi o‘zgarishi va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashishini qayd etgan aholi respondentlari ulushi ko‘paygan bo‘lsa, transport xarajatlari oshishini omil sifatida ta’kidlagan holi respondentlari ulushi kamaygan.

Oylik daromadi 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lganlar narxlar ko‘proq oshadi deb hisoblamoqda. Hududlar kesimida poytaxtda inflyatsion kutilmalar eng yuqori bo‘lib turibdi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA