Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Indorama” kompaniyasi Farg‘onada homiylik tashabbuslarini boshladi
10:13 / 2022-09-26

Qo‘qon shahridagi bolalar shifoxonasida “Indorama” xorijiy korxonasi tomonidan 50 o‘rinli nevrologiya va erta tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limi homiylik asosida ta’mirdan chiqarilib, ish boshladi.

Ezgu tashabbus doirasida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi bo‘lgan ushbu bino ta’mirlanishiga 2 milliard 465 million so‘m mablag‘ sarflandi. Ikkinchi bosqichda xorijiy korxona tomonidan ikkita statsionar binoni ta’mirlanishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur bo‘limning ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bolalar salomatligi tibbiyot sohasidagi eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidlab, “Indorama” rahbarlariga ushbu ezgu tashabbus uchun minnatdorlik bildirdi.

“Indorama” rahbariyati vakili Sandip Bura mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiya muhitida samarali ishlayotganini aytib, ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etishga tayyor ekanligini qayd etdi.

Respublikamizga eng ko‘p sarmoya kiritgan xorijiy hamkorlardan biri bo‘lgan Singapurning “Indorama” kompaniyasi viloyatda “Indorama Kokand Textile” hamda “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” korxonalarini tashkil etgan.

 

M. Sulaymonov, O‘zA