Indoneziyaning Yava orolida Merapi vulqoni uyg‘ondi
Lavalar oqimi kraterdan bir yarim kilometrlik masofagacha yetib borgan. Osmonni quyuq tutun va kul qopladi, deb xabar tarqatdi Euronews telekanali.
Yaqin atrofda yashayotgan aholiga Merapi vulqoniga 7 kilometrlik masofada yaqin kelish taqiqlandi.
Vulqonning oxirgi yirik otilishi 2010 yilda yuz bergan edi. O‘shanda 300 kishi halok bo‘lgan, 280 mingga yaqin aholi xavfli xududni tark etishga majbur bo‘lgandi.
Indoneziya hududida qariyb 130 ta vulqon bor. Merapi ular orasida eng faoli hisoblanadi.