French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziyalik kinorejisser O‘zbekistonda film suratga olishni rejalashtirmoqda
12:55 / 2024-09-23

Indoneziyada prodyuser Budi Yulianton boshchiligidagi bir guruh kinoijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Hijrat orzusi» badiiy filmi ustida ish boshlangani haqida e’lon qilindi.

Filmning asosiy suratga olish ishlari Indoneziya poytaxtida, xushmanzara Belitung va Bagor orollarida hamda O‘zbekistonning mashhur tarixiy shaharlari - Toshkent, Samarqand va Buxoroda amalga oshiriladi. 

Prodyuserning so‘zlariga ko‘ra, indoneziyaliklar o‘zbek madaniyatiga katta qiziqish bilan qaraydi, ularning aksariyati islom ta’limotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk olim va mutafakkirlarning maqbaralariga tashrif buyurish istagida. 

Filmning keng ko‘lamda namoyish etilishi Indoneziyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimining oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda. Uning taqdimoti Indoneziyaning barcha yirik shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Film keyinchalik mamlakatning markaziy telekanallarida ham namoyish etiladi. 

Ijodiy va texnik guruhning O‘zbekistonga tashrifi kuz oylariga belgilangan, unda suratga olish ishlari bilan bog‘liq tashkiliy masalalar hal etiladi. 

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA