Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziyadan keladigan sayyohlar oqimi ko‘payadi
15:53 / 2023-04-29

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Indoneziya Respublikasi parlamenti vakillar palatasi spikeri o‘rinbosari Rahmat Gobel boshchiligidagi delagatsiya Samarqandga keldi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashuv chog‘ida keyingi yillarda O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. Xususan, ziyorat turizmi sohasidagi aloqalar ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘layotgani qayd etildi. Joriy yil fevral oyida Samarqand viloyati delegatsiyasining Indoneziyaga safari davomida sayohlik bo‘yicha hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishilgan edi. Joriy yilning 27 aprelidan e’tiboran “Toshkent – Jakarta” yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia qatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishdagi ilk parvozda yurtimizga tashrif buyurgan Rahmat Gobel indoneziyaliklarning O‘zbekistonga qiziqishi yuqoriligini bildirdi. Ayniqsa, Samarqanddagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish istagida bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etishi ta’kidlandi.  

[gallery-11637]

Xorijlik sayyohlar uchun yurtimizda yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar Indoneziyadan ham O‘zbekistonga keladigan turistlar oqimini yanada ko‘paytirishga xizmat qiladi.  

Uchrashuvda turli sohalardagi hamkorlikning istiqbollari ham muhokama etildi. Indoneziya parlamenti delegatsiyasi Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, viloyatning turizm infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA