Indoneziyada yo‘lovchi paromi dengizda yonib ketdi
“Arab News” nashrining yozishicha, kecha Indoneziyadagi dengizda yo‘lovchi paromi yonib ketgan va natijada uch kishi halok bo‘lgan. Mamlakat favqulodda xizmat xodimlari 560 dan ortiq odam qutqarilganini ma’lum qildi.
Manado harbiy-dengiz bazasi admirali Frenki Sihombingning so‘zlariga ko‘ra, “KM Barcelona 5” yakshanba kuni tushda Talaud orollari tumanidagi Melonguane portidan Shimoliy Sulavesi provinsiyasi markazi Manado shahriga ketayotganda yonib ketgan.

– Qutqaruv operatsiyasiga qirg‘oq qo‘riqlash kemalari va bir nechta puflama qayiqlar jalb qilingan, - dedi Sihombing.

Ekipaj a’zolari ko‘plab odamlarni dengizdan olib chiqib, ularni yaqin atrofdagi orollarga olib ketishdi, shuningdek, mahalliy baliqchilar ham omon qolganlarni qutqarishda ko‘maklashgan.
M.Pirmatova, O‘zA