Indoneziyada vulqon uyg‘ondi
Indoneziyadagi Ibu vulqoni dushanba kuni ertalab otilib, havoda 5 kilometrgacha qalin kul to‘dasi hosil qildi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, vulqonning xavf maqomi ikkinchi eng yuqori darajani ko‘rsatgan. Bu ma’lumot mamlakat Vulqonshunoslik va geologiya xavfini kamaytirish markazi rahbari Xendra Gunavana bayonotida keltirilgan. Hukumat hudud atrofida besh kilometr radiusda har qanday faoliyatni taqiqlagan.
Tinch okeani olov halqasida joylashgan Indoneziyada, tadqiqot natijasiga ko‘ra, 127 ta faol vulqon aniqlangan.
Ruang vulqoni ham uyg‘onishi ortidan so‘nggi haftalarda 12 mingdan ziyod odam evakuatsiya qilingan.
Dekabr oyida Sumatraning eng faol vulqonlaridan biri – Marapi tog‘i otilishi va kul rang kul buluti 3 km ko‘tarilishi oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan edi.