Indoneziyada tabiiy ofatlardan halok bo‘lganlar soni ortmoqda
Indoneziyaning Sumatra orolida suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 914 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “Antara News” nashri.
Mamlakat Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 359 nafari Acheh viloyatidan, 329 nafari Shimoliy Sumatradan va 226 nafari G‘arbiy Sumatradan bo‘lgan. Ayni paytda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Ta’kidlanishicha, o‘lkada musson yomg‘irlari va tropik siklon tufayli yuzaga kelgan tabiiy ofatlar millionlab aholiga jiddiy zarar yetkazmoqda.
Indoneziya hukumati zarar ko‘rgan hududlarda favqulodda holat e’lon qildi va oziq-ovqat, dori-darmonlarni yetkazib berish uchun vertolyotlar hamda samolyotlardan foydalanishni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli gumanitar yordam operatsiyasini boshladi.
Hisob-kitoblariga ko‘ra, suv toshqinlaridan 3 milliondan ortiq odam jabr ko‘rgan.
G.Sattorova, O‘zA