Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziyada stadionda yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 30 dan ortiq bola ham halok bo‘lgan
17:25 / 2022-10-03

Indoneziyada stadionda yuz bergan ur-yiqitda halok bo‘lganlar orasida 30 dan ziyod bola ham bor, deb yozmoqda Frans Press agentligi mahalliy xotin-qizlar ishlari va bolalarni himoya qilish vazirligi vakilining ma’lumotiga tayanib.

“Assoshieyted Press” agentligi xabar berishicha, kecha Indoneziyaning Malang shahrida stadionda tartibsizlik yuzaga kelgan. Tartibsizliklar mahalliy "Arema Kronus" klubi "Persebaya" jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandan keyin boshlangan.

Ur-yiqit stadion tashqarisiga ham tarqalgan, "Arema Kronus" muxlislari kamida beshta politsiya mashinasini yoqib yuborgani aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarda 174 kishi qurbon bo‘lgani aytilgan edi. Keyinchalik halok bo‘lganlar soni 127 kishi ekani ta’kidlandi. Chunki halok bo‘lganlarning bir qanchasi takror sanalgan ekan.

"Biz olgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 32 nafar bola ham bor", – deyiladi agentlik tarqatgan xabarda. Xabarda ta’kidlanishicha, halok bo‘lgan bolalar orasida eng kichigi uch-to‘rt yoshda bo‘lgan.