Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziyada samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi
15:08 / 2024-09-09

Bugun Indoneziya sharqidagi Papua mintaqasida 48 yo‘lovchi bilan o‘rnidan qo‘zg‘algan uchoq uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi. Natijada bir necha yo‘lovchi jarohat oldi. Bu xabarni mahalliy politsiyaga tayanib “The Star” nashri tarqatgan.

Janubi-sharqiy Osiyo arxipelagining iqlim xavfsizligi darajasi juda past hududi – Papua tog‘li yerida noqulay ob-havo tez-tez parvozlarga to‘sqinlik qilib turadi.

“Trigana Air” aviakompaniyasiga tegishli ATR-42 erta tong olis Yapen orolidagi aeroportdan Papua poytaxti Jayapur shahriga yo‘l olgan, samolyot sahnida 42 yo‘lovchi, jumladan bir chaqaloq va olti nafar ekipaj a’zosi bor edi.

Mahalliy qidiruv-qutqaruv xizmati ayrim yo‘lovchilar jarohatlangani to‘g‘risida bayonot bergan.

Indoneziya tarkibidagi minglab orollarni bog‘lash uchun, asosan, havo transportiga tayanadi. Papua esa yetib olish eng qiyin mintaqalardan biri.

2015 yilda ham shu kompaniyaga tegishli havo kemasi qulab, samolyotdagi barcha 54 kishi halok bo‘lgan.