Indoneziyada prezidentlik saylovlari 2024 yilning may oyida o‘tkazilishi ma’lum qilindi
Indoneziyaning siyosat, huquq va xavfsizlik masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi vaziri Muhammad Mahmud mamlakatdagi saylovlar 2024 yilning 15 mayida bo‘lib o‘tishini e’lon qildi, deyiladi “Kompas” xabarida.
“Hukumat saylovning 15 mayga belgilanishini oqilona qaror deb hisoblaydi”, dedi vazir 2024 yildagi prezidentlik va parlamentga saylovlar sanasi haqida gapira turib.
Avvalroq Indoneziyaning iqtisodiy masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi vaziri Yava va Balida joriy qilingan koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha cheklovlar 2021 yilning 4 oktyabrigacha uzaytirilganini ma’lum qilgandi.