Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziyada otilgan vulqon tufayli 13 kishi halok bo‘ldi
07:46 / 2021-12-06

Indoneziyaning Yava orolida vulqon otildi, u Semeru deb nomlanadi.

BBCning xabar berishicha, 15 kilometr balandlikda otilgan vulqon kuli tufayli 13 kishi qurbon bo‘ldi.

Indoneziya tabiiy ofatlarga yordam berish agentligi yuzga yaqin fuqaro jarohat olganini ma’lum qildi.

Tabiiy ofat hududda 900 dan ortiq kishi evakuatsiya qilinishiga sabab bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, vulqonning otilishi shunchalik kuchli bo‘lganki, kul tufayli osmon va quyosh ko‘rinmay qolgan.

Ma’lumot o‘rnida, Avstraliyaning Darvin vulqon kullari bo‘yicha markazi kul vulqon cho‘qqisining janubi-g‘arbiy tomoniga oqib ketayotganini xabar qildi.

Indoneziyada oxirgi marta 2021 yil yanvarda vulqon otilgan edi. Semeru vulqoni mamlakatdagi 130 ga yaqin faol vulqonlardan biri hisoblanadi.