Indoneziyada yangi zelandiyalik uchuvchini qutqarish jarayonida olti askar halok bo‘ldi, 30 nafari bedarak ketdi, deb xabar tarqatdi Avstraliyaning ABC telekanali mahalliy hukumatga tayanib.
“TPNPB-OPM ayirmachi tashkilot vakillari 8 fevral kuni Indoneziyaning Susi Air aviakompaniyasiga qarashli samolyotni urib tushirgan va uchuvchini garovga olgan”, deyiladi xabarda. Avvalroq Indoneziya xavfsizlik kuchlari G‘arbiy Papuada ayirmachi jangari guruhlarga qarshi harbiy amaliyot boshlagani haqida xabar tarqatilgan edi.
“Kamida olti kishi halok bo‘ldi, yana 21 kishi changalzorga yashiringan”, – deb xabar tarqatdi ABC telekanali harbiylar hisobotiga tayanib.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat 30 nafar bedarak ketgan askarlarni qidirmoqda.
Yangi Gvineya orolining g‘arbiy qismi Indoneziya tarkibida, orolning sharqiy qismi Papua-Yangi Gvineya esa mustaqil davlat hisoblanadi.
Mintaqada o‘n yillar davomida o‘z oldiga Indoneziyadan ajralib yangi mustaqil davlat tuzish maqsadini qo‘ygan ayirmachilik harakatlari davom etmoqda.