Indoneziyada mart oyi o‘rtalarida xorijliklar uchun karantin cheklovi to‘liq bekor qilinadi
Bu haqda mamlakat dengiz ishlari va investitsiyalar bo‘yicha vazir-muvofiqlashtiruvchi Luxut Binsar Panjaitan ma’lum qilgani aytilmoqda.
"Agar hozirgi yaxshi holat saqlanib tursa mart oyi o‘rtalaridan boshlab karantin cheklovlari bekor qilinadi, - deya keltiradi uning aytganlarini The Straits Times gazetasi.
“Agar barchasi yaxshi kechsa, martning ikkinchi yoki uchinchi haftasidan karantinni butunlay bekor qilamiz", degan vazir-muvofiklashtiruvchi.
Hozirda Indoneziyada xorijdan kelganlar uchun 5 kunlik majburiy karantin belgilangan, biroq 1 martdan boshlab uch marta emlangan kishilar uchun karantin muddati uch sutkagacha qisqartiriladi.