Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziyada kuchli vulqon otilgach, Baliga reyslar bekor qilindi
16:21 / 2025-07-07

Dushanba kunidan Indoneziyaning Bali oroliga o‘nlab reys bekor qilindi, chunki uyg‘ongan vulqon 18 kilometr tepaga ulkan kul zarrasini sochdi.

– Flores sayyohlik orolidagi Levotobi Laki Laki vulqoni ertalab soat 11:05 da otildi, – deya xabar bergan Vulqonshunoslik agentligi. – Kul ustuni cho‘qqidan taxminan 18 000 metr balandlikka ko‘tarildi. Natijada Bali xalqaro aeroportida 24 ta reys bekor qilindi.

Ba’zi kompaniyalar reyslarni bekor qilganiga qaramay, aeroport rahbari “vulqon kuli tarqalishi orolning havo hududiga ta’sir qilmagani”ni aytdi. Agentlik kuchli yomg‘ir payti, ayniqsa, daryo yaqinidagi aholi manzillarida xavfli lahor toshqini – sel yoki vulqon moddasi oqimi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Vayronagarchilik va qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Geologiya idorasi rahbari Muhammad Vafid bayonotida aytilishicha, vulqon faolligi “juda yuqori, portlab otilish va doimiy silkinish xususiyati bilan ajralib turadi”.

Shuningdek, aholi tabiiy hodisa o‘chog‘idan kamida olti kilometr masofada turish, kuldan himoyalanish uchun niqob kiyishga chaqirilgan. Indonez tilida “erkak” ma’nosini anglatuvchi, 1584 metrga teng Laki Laki “ayol” so‘ziga nisbatan Perempuan deya nomlangan tinchroq, ammo balandroq 1703 metrli vulqonning egizagidir. Keng arxipelag davlati hisoblangan Indoneziya Tinch okeandagi “Olov xalqasi” ichida joylashgani bois, tez-tez seysmik va vulqon faolligini boshdan kechiradi.

M.Pirmatova, O‘zA