Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziyada ko‘chki oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi
14:11 / 2024-04-15

Indoneziyaning Janubiy Sulavesi provinsiyasida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida qurbonlar soni 18 kishiga yetdi, yana 2 kishi bedarak yo‘qolgan.

Bu haqda Makassar shahri qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari Mexianus Bekabel ma’lum qilmoqda. 

Qidiruv va qutqaruv ishlariga qalin tuman va yomg‘ir to‘sqinlik qildi, deydi rasmiylar. 

Shanba kuni kechqurun Tana Torajada kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan ko‘chkilar bir necha uyni vayron qilgan. 

O‘zA