English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziyada ko‘chki: 8 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odam bedarak
12:35 / 2026-01-25

Indoneziya g‘arbidagi Yava muzofotida sodir bo‘lgan ko‘chki sakkiz insonning hayotiga zomin bo‘ldi.

Hozircha 82 kishining taqdiri noma’lum.

Bir necha kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng Bandung tumanida kuzatilgan ofat, jumladan, turar-joy manzillarini ham vayron qilgan. Mahalliy rasmiy German Suryatman "Antara" axborot agentligiga qidiruv-qutqaruv guruhi qiyin sharoitda ishlayotganini aytgan.

- Ko‘chki ostida qolgani taxmin qilinayotgan 113 fuqarodan 23 nafari qutqarildi, - dedi mulozim. - Sakkiz odamning jonsiz tanasi topildi.

Qidiruv davom etyapti. Rasmiylar ko‘chki 30 dan ziyod uyga ziyon yetkazgani, ba’zi turar-joy majmualari butunlay ko‘milib qolganiga e’tibor qaratgan.

G.Sattorova, O‘zA