Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziyada Dukono vulqoni uyg‘ondi
15:01 / 2024-12-23

Indoneziyaning Xalmaxera orolida joylashgan Dukono vulqoni otilib, kul ustunini 3 000 metr balandlikka uloqtirdi.

“Antara” nashri yozishicha, mamlakat favqulodda xizmatlar idorasi bir necha silkinishni kuzatgan. Hodisa markazi dengiz sathidan 1335 metr balandda.

Rasmiylar mahalliy aholini cho‘qqi atrofi bo‘ylab 3 kilometr radius ichiga kirmaslikni tavsiya etib, nafas yo‘lini kuldan himoya qilish uchun ochiq havoda niqob kiyib yurishga chaqirdi.

Indoneziyada 130 ga yaqin faol vulqon mavjud. Noyabr oyi boshida Flores orolida 9  kishining hayotiga zomin bo‘lgan Levotobi lavasi ko‘tarilib, 10 000 dan ziyod aholi evakuatsiya qilingan edi.

Yakshanba kuni hukumat Sivu orolidagi Karangetang vulqoni ham faollashishidan ogohlantirdi. Ushbu tabiiy ofat natijasida kuchli piroklastik oqim – otilish payti hosil bo‘lgan yuqori haroratli vulqon gazi, kul va tosh bo‘laklari aralashmasi tarqalishi mumkin.