French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziyada chiqindixona qulab, yetti kishi halok bo‘ldi
17:28 / 2026-03-10

Seshanba kuni Jakarta chekkasidagi Bantaragebang chiqindixonasida falokat yuz berdi. Oqibatda kamida yetti kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy qutqaruv agentligi rahbari Desiana Kartika Bahari ma’lum qildi.

Hodisaga sabab bo‘lgan yakshanba kungi kuchli yomg‘ir ta’sirida ulkan chiqindi to‘pi odamlar ustiga qulagan.

Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar yettinchi qurbonni topgach, qidiruv harakati to‘xtagan.

- Politsiyadan taqdiri noma’lumligi haqida xabar kelgan ikki nafar inson sog‘-salomat uyiga qaytgani to‘g‘risida ma’lumot oldik,  - dedi Bahari jurnalistlarga.

Vafot etganlar orasida yuk mashina haydovchilari, chiqindixonadagi kichik oziq-ovqat do‘konlari egalari ham bor.

Ta’kidlanishicha, qidiruv amaliyotida 200 dan ortiq xodim ishtirok etgan, vayrona ostidagi odamlarni topish uchun ekskavatorlar va termal tasvirlash dronlaridan foydalanilgan.

Taxminan 110 gektar maydonni egallagan Indoneziyadagi eng yirik Bantaragebang chiqindixonasi kuniga 6500-7000 tonna axlat qabul qiladi.

S.Rahimov, O‘zA