Indoneziya rasmiylari xabar berishicha, Janubiy Sulavesi muzofotida nazoratdan yo‘qolgan baliqchilik faoliyatini nazorat qiluvchi samolyot qoldiqlari tog‘li hududdan topilgan. Uchoqdagi 10 kishidan biri halok bo‘lgani ma’lum, qolgan 9 nafari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Halokatga uchragan ATR 42-500 rusumli samolyot “Indonesia Air Transport” (IAT) aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, Yogyakarta shahridan Makassar tomon parvoz qilayotgan edi. Sahnida 7 nafar ekipaj a’zosi va 3 nafar vazirlik xodimi bo‘lgan samolyot bilan shanba kuni 13:30 atrofida aloqa uzilgan.
Milliy transport xavfsizligi qo‘mitasi (KNKT) hodisa qasddan sodir etilgani faktini inkor etgan. Fojia sababi o‘rganilmoqda.
IAT kompaniyasi ayrim texnik nosozliklar mavjud bo‘lsa-da, samolyot parvozga yaroqli ekanini ta’kidlagan. Mintaqaviy darajada foydalanilgan ATR 42-500 odatda 42-50 yo‘lovchini tashish imkoniga ega edi.
Indoneziyada ATR-42 samolyoti ishtirokida sodir bo‘lgan bundan avvalgi aviatsiya hodisasi 2015 yil Papua hududida kuzatilgan va o‘shanda 54 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA