Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziya Rossiyadan Su-35 jangovar samolyotlarini sotib olmasligini ma’lum qildi
17:01 / 2021-12-24

Indoneziya byudjet tanqisligi nuqtai-nazaridan Rossiyadan Su-35 ko‘p maqsadli jangovar samolyotlarini sotib olishdan voz kechishga majbur, dedi jurnalistlarga mamlakat harbiy havo kuchlari bosh qo‘mondonligi rahbari aviatsiya bosh marshali Fajar Prasetio.

"Suxoy-35" samolyotlariga kelsak, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, biz bu rejadan voz kechishga majburmiz", — dedi u.

Indoneziyaning Kompas yangiliklar portali yozishicha, hukumat Rossiya samolyotlari o‘rniga fransuzlarning Rafale  va amerikaning Boeing F-15 EX qiruvchi samolyotlarini sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Kompas portalining yozishicha, Indoneziya harbiy havo kuchlari 35 Rafale va 15 ta Boeing F-15 EX samolyotlarini sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar ilk bor o‘tgan yili paydo bo‘lgan edi.

O‘tgan yili Bloomberg News agentligi AQSH Indoneziyaga Rossiyadan harbiy samolyotlar va Xitoydan harbiy kemalar xarid qilishni to‘xtatishni “qat’iy tavsiya qilgan edi”, deb yozgandi.