Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto ikki siyosiy raqibi, jumladan, sobiq savdo vaziri va yuqori martabali muxolifatchi siyosatchini qamoqjazosiga hukm qilinganidan bir necha hafta o‘tib afv etdi, deb yozmoqda “Arab News” nashri.
– Prabovo o‘lkadagi Demokratik kurash partiyasi bosh kotibi Xasto Kristiyantoga amnistiya belgiladi, - dedi Indoneziya adliya vaziri Supratman Andi Agtas.
Xasto o‘tgan hafta saylov komissiyasiga pora bergani uchun 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.
– Davlat rahbari shuningdek, shakar importiga ruxsatnomalarni noqonuniy bergani uchun 3,5 yilga qamalgan sobiq savdo vaziri Tomas Trikasi Lembong uchun o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qondirdi, - dedi Supratman matbuot anjumanida.
O‘lim jazosining olib tashlanishi o‘tgan yilgi prezidentlik saylovlarida Prabovoning raqib nomzodi uchun saylovoldi tashviqoti boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan Lembong ayblovlardan oqlanganini va jazodan ozod qilinganini anglatadi.
Indoneziya yetakchisi odatda, 17 avgust Mustaqillik kuni arafasida afv e’lon qiladi. Supratmanning qo‘shimcha qilishicha, afv etilganlar orasida yana 1100 dan ortiq kishi bor.
M.Pirmatova, O‘zA