Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziya Prezidenti: “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi siyosiylashtirilmasligi kerak
14:30 / 2023-10-18

“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi hamkorlikni siyosiylashtirmaslik kerak, dedi Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo Pekinda bo‘lib o‘tayotgan uchinchi “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro hamkorlik forumi ochilishida so‘zga chiqib.

– Borgan sari parchalanib borayotgan dunyoda bu hamkorlik siyosiylashmasligi kerak”, – dedi u. – Tashabbus yanada kuchliroq bo‘lishi, asosiy qadriyatlarini saqlab qolishi uchun jamoaviy sa’y-harakatlar kerak. “Makon va yo‘l” teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyiliga asoslanishi kerak.

Vidodoning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus loyihalari barqarorligi uzoq muddatga kafolatlanishi kerak. Shuningdek, ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiy poydevorini mustahkamlashga yordam berishi, moliyaviy sharoitni murakkablashtirmasligi zarurligi ham ta’kidlangan.