Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziya oliygohlari bilan memorandum imzolandi
17:52 / 2018-11-27

Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetiga Indoneziyaning bir qator oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ilmiy xodimlari, pedagoglaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.


Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetiga Indoneziyaning bir qator oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ilmiy xodimlari, pedagoglaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya aʼzolari universitetning tashkiliy tuzilmasi, oʻquv-amaliyot laboratoriyalari, taʼlim berish jarayonlari, pedagog xodimlar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻzbekiston va Indoneziya oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Oʻzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar”, “Oʻzbekiston turizmining istiqbollari”, “Indoneziyaning turizm salohiyati”, “Indoneziyada taʼlim olish imkoniyatlari va hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish” mavzusida taqdimotlar qilindi.

– Biz Imom Buxoriyni yetishtirib bergan zaminda boʻlib turganimizdan mamnunmiz. Islom dunyosida yuksak meros qoldirgan ulugʻ zotlar qadamjolarini ziyorat qilish qalbimizga gʻurur-iftixor bagʻishladi. Mazkur yoʻnalishda turizm sohasini rivojlantirish borasida ilmiy-amaliy hamkorlik qilish har ikki davlat aloqalarini yanada mustahkamlaydi, – deydi Indoneziyaning Samawa universiteti rektori Sayfuddin Iskandar.

Oʻzaro muloqotlardan soʻng Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Indoneziyaning qator universitetlari bilan taʼlim, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻzaro kelishuv memorandumlari imzolandi.