French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziya janubi-sharqida zilzila
18:53 / 2025-07-14

AQSH Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotiga ko‘ra, dushanba kuni Indoneziya sharqiy qirg‘og‘ida 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Sunami xavfini yuzaga keltirmagan tabiiy ofat o‘chog‘i 66 kilometr chuqurlikda, sharqdagi Maluku muzofoti Tual shahridan 177 kilometr g‘arbda joylashgan.

Tinch okeani sunamidan ogohlantirish markazi jiddiy xavf yo‘qligini aytgan. Geofizika agentligi esa ijtimoiy tarmoqda yer qimirlashi “sunami keltirib chiqarish salohiyatiga ega darajada emasligi"ni ta’kidlagan. Rasmiylar moddiy zarar yoki qurbonlar haqida ma’lumot bermadi.

Bu ulkan arxipelag davlati Tinch okeani olovli halqasida joylashgani bois tez-tez zilzilani boshdan kechiradi. Hududda tektonik plitalar to‘qnashuvi kuchli seysmik faollik yoyini hosil qilgan. Xatarli manzil Yaponiyadan boshlanib, Janubi-sharqiy Osiyo va Tinch okeani sohili orqali cho‘zilgan.

2021 yil yanvar oyida Sulavesi shahrida sodir bo‘lgan 6,2 magnitudali zilzila 100 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan edi. O‘shanda minglab odamlar boshpanasiz qolgan.

G.Sattorova, O‘zA