Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziya hukumati suvosti kemasini qidirish ishlari hamon davom etayotganini ma’lum qildi
17:08 / 2021-04-23

Kamida 25 ta kema mamlakat harbiy dengiz kuchlariga qarashli suvosti kemasini qidirishda davom etmoqda, deb xabar berdi Channel News Asia telekanali mamlakat qurolli kuchlari vakili Ahmad Riad bergan ma’lumotga tayanib.

Riadning ta’kidlashicha, ayni paytda qidiruv jarayoniga Indoneziya harbiy dengiz kuchlarining 18 kemasi jalb qilingan, yana politsiyaga qarashli 4 ta va qidiruv-qutqaruv xizmatiga qarashli 3 ta kema ham cho‘kib ketgan suvosti kemasining joyini aniqlash uchun Indoneziya suvliklarini kezib yuribdi.

"Biz qidiruv ishlariga boshqa mamlakatlar kemalari ham qo‘shilishini kutmoqdamiz. Singapurga qarashli MV Swift Rescue kemasi bugun kechga borib safimizga qo‘shiladi", — dedi Riad.

Indoneziya harbiy dengiz kuchlariga qarashli KRI Nanggala 402 suvosti kemasi Bali oroli yaqinida o‘quv-mashq amaliyotlarini o‘tayotganda aloqaga chiqmay qo‘ygandi. Kema bortida kamida 53 kishi qolgan. Daily Star gazetasining mamlakat harbiy kuchlari qo‘mondoni Xadi Chax’yantoning bergan ma’lumotiga tayanib ma’lum qilishicha, submarin 700 metr chuqurlikda bo‘lishi mumkin. Suvosti kemasi ichidagi kislorod zaxirasi shanba kungacha yetadi.

Xabarda qidiruv ishlariga Rossiya, AQSH, GFR, Fransiya, Hindiston, Turkiya va Avstraliya o‘z yordamini taklif qilgani aytilmoqda.