Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziya G20 sammitida Putin bilan Bayden uchrashuvini tashkillashtirishga tayyor ekanini ma’lum qildi
13:06 / 2022-08-19

Indoneziya Bali orolida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida RF Prezidenti Vladimir Putin bilan AQSH Prezidenti Jo Bayden xohish bildirsa, ularning uchrashuvini tashkillashtirishga tayyor, dedi Indoneziyaning Rossiyadagi elchisi Xose Tavares RIA Novostiga.

"Marhamat, buning uchun barcha imkoniyat bor", – dedi elchi RIA Novosti muxbirining mazkur masala bo‘yicha berilgan savolga javob berar ekan. 
 
Avvalroq RF Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov G20 sammitida Rossiyaning ishtiroki bo‘yicha qaror bevosita safar oldidan qabul qilinadi, deb bayonot bergan edi.