English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Indoneziya G20 sammiti ishtirokchilaridan COVID-19 qarshi to‘liq emlangan bo‘lishini talab qilmoqda
13:27 / 2022-10-14

Indoneziya sog‘liqni saqlash vazirligi G20 sammiti ishtirokchilaridan 15-16 noyabrda bo‘lib o‘tadigan sammitga kelishi oldidan COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganligi haqida ma’lumotnoma tayyorlashni talab qildi, deb xabar tarqatdi ANTARA agentligi.

Bu haqda Indoneziya sanitar nazorati va karantin bo‘yicha vazirlik direktori Ahmad Farchanni virtual tartibda o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. "Xalqaro darajada kelishilgan, ishtirokchilar to‘liq emlangan bo‘lishi kerak – bu ikkita doza", – deya izoh berdi u.   

Farchanni shuningdek, emlanganlik bo‘yicha to‘liq sertifikatlar Indoneziyaga jo‘nashdan 14 kun  oldin maxsus ilovalar orqali joylashtirilishi kerakligini eslatgan. Biroq uning ta’kidlashicha, oliy darajadagi delegatlar, masalan, davlat va hukumat rahbarlari o‘zlarining emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarini qo‘mitaning elektron pochtasi orqali jo‘natishga ruxsat etiladi.   

G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tishi kerak.