Inamov Bekzod Nizamovichning qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Raqamli texnologiyalar asosida sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish uslubiyatini takomillashtirish” mavzusida
Inamov Bekzod Nizamovichning “Raqamli texnologiyalar asosida sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish uslubiyatini takomillashtirish” mavzusidagi 06.01.10 – Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 17-mart, soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 111218, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy.
Tel.: (+71) 260-48-00; faks: (71) 260–38–60
e–mail: tuag_info@edu.uz