Imzo yig‘ish ishlari qizg‘in olib borilmoqda
Ayni kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon, muddatidan avval bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Mazkur jarayonda barcha siyosiy partiyalar qatori O‘zbekiston Ekologik partiyasining hududiy va tuman (shahar) Kengashlari tomonidan ham saylovoldi tadbirlari boshlab yuborilgan.
Hududlarda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imzo yig‘ish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

O‘zA