Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishga start berilgan kundan buyon O‘zbekiston “Adolat” SDP Qashqadaryo viloyat tashkilotlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
“Adolatchi”lar o‘z faoliyatlarida qonuniylik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplariga qat’iy amal qilgan holda saylovni milliy qonunlarimiz, boy tajribamiz va umume’tirof etilgan xalqaro standartlar talablari asosida yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunda partiyaning shahar, tuman kengashlari raislari, deputatlar, partiya faollari ishtirok etmoqda. Shu bilan birgalikda 40 ming nafardan ortiq partiya xayrixohi ham siyosiy jarayonga yaqindan yordam bermoqda.


Siyosiy kuch faollari tomonidan imzo varaqalarini to‘ldirish tartibi va bu borada qat’iy amal qilinishi lozim bo‘lgan jihatlar ishtirokchilarga to‘g‘ri tushuntirilmoqda.
Partiya vakillari tomonidan Qarshi davlat universitetida tashkil etilgan imzo to‘plash jarayoni ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Yoshlar, mahallalar a’zolari, o‘qituvchilar, keng jamoatchilik vakillari partiyaning saylovdagi ishtirokini qizg‘in qo‘llab-quvvatlab o‘z imzolarini qo‘ydi.


Imzo to‘plash jarayonlari viloyatning barcha tuman va shaharlarida ham qizg‘in bormoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri