“IMUDON-PHARM” MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi
Samarqand shahrida joylashgan “IMUDON-PHARM” MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan “IMUDON-PHARM” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2024 yil 4 aprelda berilgan 253647-sonli litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi“ DMning Samarqand shahar iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Ya’ni, “IMUDON-PHARM” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilindi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar)ning yagona reyestriga kiritilganini ma’lum qilamiz, deyiladi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabarida.
M.Qosimova, O‘zA