French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtiyozli ta’lim kreditlari 2 barobar ko‘paytirilishi yoshlarga keng imkoniyatdir
12:50 / 2022-12-21

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning parlamentga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatini tinglar ekanmiz, unda ilgari surilgan barcha taklif va tashabbuslar mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, kelajagimiz poydevoriga xizmat qilishini his qildik. Chunki davlat rahbari har bir yo‘nalishga alohida to‘xtalib, erishilgan natijalar bilan birga, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

 Prezidentimiz taklifi bilan mamlakatimizda 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nomlandi. Darhaqiqat, inson qadr-qimmati yuksak bo‘lgan yurtda, eng avvalo, tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik hukm suradi. Shunday ekan, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan izchil islohotlarimiz zamirida yurtdoshlarimizning farovon yashashini ta’minlash, yurtimiz farovonligini saqlash maqsadi mujassam. 
 
Ilm, fan-ta’lim insonni, butun jamiyat va davlatni saodatga, yorug‘likka eltuvchi yo‘ldir. Ayni paytda ta’limga kiritilgan investitsiya kelajakka sarmoya kiritish bilan barobardir. Shu bois davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga ustuvor ahamiyat qaratib kelinadi. Buni kelgusi yilga berilgan nom misolida ham yana bir karra ko‘rish mumkin. 
 
Murojaatnomada ham ta’lim yo‘nalishiga keng to‘xtalib o‘tildi. Buni Murojaatnomaning lingvistik tahlilidan ham anglash mumkin. Tahlillarga ko‘ra, Murojaatnomaning asosiy mavzulari “ta’lim”, “aholi”, “maktab”, “xalq”, “investitsiya”, “tadbirkorlik”, “Konstitutsiya”, “aholi”, “mahalla” va “energetika” so‘zlari bo‘lib, eng ko‘p “ta’lim” so‘zi (25 marta), “maktab” (23 marta), “shaxs” va “xalq” (22 marta) so‘zlari ishlatilgan. 
 
Prezidentimiz ta’lim borasida to‘xtalar ekan, o‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligini qayd etdi. Shuningdek, ta’lim sohasining har bir bosqichiga alohida urg‘u berib, muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Masalan, oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida so‘nggi yillarda oliygohlarimiz soni oshayotgani, ularni yanada ko‘paytirish maqsad qilinganini qayd etdi. 
 
Shuningdek, oliygohlarning ta’lim sifatini oshirish, ular faoliyatini tubdan rivojlantirish maqsadida 41 ta oliygohga akademik va moliyaviy mustaqillik berilgani, ularda transformatsiya ofislari ochilgani ta’kidlandi. Kelgusi yilda oliygoh talabalari uchun imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytirilib, 1,7 trillion so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Bu boradagi sa’y-harakatlar esa yoshlarimizga, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga, qizlarimizga keng imkoniyat yaratadi. Ular imtiyozli ta’lim kreditlari ko‘magida oliy ta’lim olishlari, o‘zlari xohlagan kasbga ega bo‘lishlari mumkin. Bu, o‘z navbatida, yurtimiz yoshlarini oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlarini ham oshiradi. 
 
Davlatimiz rahbari kelgusi yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,5 trillion so‘m yo‘naltirilishini ta’kidladi. 2017 yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘p bo‘lgan ushbu mablag‘lar ilm-fan yo‘lida izlanayotgan, turli innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish istagida bo‘lgan yoshlar va ilm vakillarini qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, olimlarning ish haqi 4,5 barobar oshirilishi ilm fidoyilariga katta rag‘bat bo‘ladi. 
 
Umuman, Murojaatnomada ko‘zda tutilgan barcha vazifalar soha va tarmoqlar rivojiga, mamlakatimiz ravnaqiga zamin bo‘ladi. Murojaatnoma faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim hujjat sifatida yo‘riqnoma va qo‘llanmamizdir. 

Dilso‘z Zoirova, 
TDYUU katta o‘qituvchisi