Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtiyozli kreditni o‘zlashtirib yuborgan shaxslarga jinoyat ishlari ochildi
17:58 / 2023-01-30

"B” ishlab chiqarish kooperativi rahbari T.P. 1,4 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan.

Muqaddam Jinoyat kodeksining 167, 209-moddalari bilan sudlangan bu shaxs ushbu pullarga 172 gektar lalmi yer maydonda uzumzor tashkil qilish uchun 47,6 ming dona beton ustunlarni yetkazib berishi kerak edi. Ammo u boshqalar bilan o‘zaro til biriktirib, mablag‘ni talon-toroj qilgan.    

Ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.  

“T.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ajratilgan 240 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit evaziga xarid qilingan mebel jihozlari ishlab chiqarish uskunalarini jamiyat rahbari E.S. boshqa shaxslarga sotib yuborgan. Kreditni qaytarmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘ldi.    

Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

O‘zA