Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtiyozli kredit samarasi
15:21 / 2014-10-22

Namangan shahridagi “Ilhom textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshirildi. Natijada o‘n nafar yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi.

Namangan shahridagi “Ilhom textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshirildi. Natijada o‘n nafar yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Iqtisodiyotning real sektori, kichik biznes, xususan, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda bank-moliya muassasalarining o‘rni beqiyos. Viloyatdagi tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun joriy yilning birinchi yarmida 195 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgani fikrimiz tasdig‘idir.

“Ilhom textile” yangi loyihani “Asakabank” viloyat filialining moliyaviy ko‘magida amalga oshirdi. Bank tomonidan ajratilgan 180 ming AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit korxonaga ilg‘or texnologiyalarni olib kelish imkonini berdi. Bu tikuvchilik sohasi uchun zarur xomashyo – trikotaj mato tayyorlash hajmi va sifatini oshirdi.

– Mavjud quvvatlar yordamida bir kecha-kunduzda 250 kilogrammdan ziyod trikotaj mato tayyorlash imkoniyati yaratildi, – deydi “Ilhom textile” MChJ rahbari Ravshan Boqiyev. – Loyihaning navbatdagi bosqichida mahsulot raqobatbardoshligini yanada oshirish va eksportni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.