Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan tadbirkorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:21 / 2023-01-26

Imtiyozli kredit tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyatini rivojlantirish uchun beriladi. Biroq, ayrimlarning bunday mablag‘larni shaxsiy manfaati uchun o‘zlashtirib yuborayotgani achinarli. Nahotki, ular har ishning natijasi so‘rovi bo‘lishini unutgan bo‘lsa?!

“O.P." mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.X. attraksion jihozlarini olish uchun tijorat banki filialidan 228,8 ming AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit olgan. Ammo u bu mablag‘ga jihozlarni sotib olmasdan, xorij kompaniyasi orqali naqdlashtirib, o‘zlashtirgan. 

Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati Norin tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.  

Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “Z.J." mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari S.B. issiqxona qurish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan 416 million so‘mlik metall buyumlarni naqd pulga sotib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.  

Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA