Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilingan
11:33 / 2022-10-29

Kogon shahrida imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati Kogon shahar bo‘limi tomonidan ATB “Qishloqqurilishbank” Kogon filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.  

Natijada “Q.M.” MCHJ rahbari L.R. yuk avtomashinasi va yuk ko‘targich sotib olish uchun bankning “Kogon bank xizmatlari” ofisidan ajratilgan 650 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali otasi A.R. rahbarligidagi “A.T.” MCHJga o‘tkazishga erishib, kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarda sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Zarif Komilov, O‘zA