Imtiyozlardan noqonuniy foydalanmoqchi boʻldi
Natijada 221,6 million soʻm bojxona imtiyozlaridan noqonuniy foydalanishga boʻlgan urinish fosh etildi.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro A.J. nomiga xorijdan keltirilgan “Refrejiratorli yuk avtomobili (GAZ) model 2790a” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Koʻrik davomida mazkur avtotransport vositasining pasporti qalbaki ekanligi hamda transport vositasi 2017-yilda emas, balki 2015-yilda ishlab chiqarilganligi aniqlandi.
Natijada 221,6 million soʻm bojxona imtiyozlaridan noqonuniy foydalanishga boʻlgan urinish fosh etildi.
Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.