Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtiyozlar samara bermoqda
17:17 / 2025-06-13

Qarshi shahrida xususiy tibbiyot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Alisher Boboyev hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, yurtimizda, jumladan, Qashqadaryo viloyatida ham xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati yildan yilga rivojlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda viloyatda 750 ta xususiy tibbiyot muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muloqot davomida davlat tomonidan sohaga qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilayotgan soliq imtiyozlari haqida ma’lumot berildi. Jumladan, 2024 yil davomida Qashqadaryo viloyatidagi 294 ta xususiy tibbiyot muassasasiga jami 29,6 milliard so‘mlik soliq imtiyozlari taqdim etilganligi qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuvda soliq hisobotlarini o‘z vaqtida topshirish, ishchilar sonini hisobotlarda to‘liq aks ettirish, har bir tushumni onlayn nazorat kassa mashinasiga kiritish, mahsulotlarni raqamli markirovkalash va boshqa soliqqa oid muhim masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

– Bugungi uchrashuv juda foydali bo‘ldi. Soliq sohasiga oid bir qator savollarimizga javob oldik, –deydi bosh hisobchi Aliqul Tolipov. – Yangi qoidalar va berilayotgan imtiyozlar haqidagi tushuntirishlar faoliyatimiz uchun muhimdir. Bunday tadbirlar ko‘proq tashkil etilsa, bizga yanada yordam beradi.

Uchrashuvda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri