Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtiyozlar izlanishga undaydi
14:55 / 2016-07-20

Navoiy shahridagi “Shohrasul Shavkat” xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifati va zamonaviy dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Navoiy shahridagi “Shohrasul Shavkat” xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifati va zamonaviy dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor qishloq hududlarida zamonaviy korxonalar tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Biz, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlardan mamnunmiz, – deydi korxona rahbari Dilora Berdiyeva. – Imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanib, korxonamiz faoliyatini yanada kengaytirish, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish sexini tashkil etib, 30 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlashni rejalashtirganmiz.

Bundan uch yil avval ish boshlagan korxonada Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining viloyat filialidan olingan qariyb 60 million so‘m kredit evaziga zamonaviy tikuv mashinalari keltirib o‘rnatildi. 16 nafar xotin-qiz tayyorlayotgan maxsus ishchi kiyimlar, yotoqxona buyumlari qisqa fursatda o‘z xaridorlarini topdi.

Korxona ishchilarining aksariyati yoshlar ekani ish samaradorligini oshirmoqda.

– O‘tgan yili Karmana sanoat kasb-hunar kollejini bitirdim, – deydi Madina Nuraliyeva. – Biz tayyorlayotgan milliy va zamonaviy uslubdagi kiyim va boshqa buyumlar xaridorlarga manzur bo‘layotganidan mamnunmiz.