English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtiyozdan noqonuniy foydalanmoqchi boʻlganlar fosh etildi
17:15 / 2020-03-10

Bojxona toʻlovlarini toʻlamaslik maqsadida mazkur avtotransport vositasi hujjatlarda koʻrsatilganidek 2017-yilda emas, balki 2014-yilda ishlab chiqarilganligi maʼlum boʻldi.


Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro X.A. ga tegishli “Howo” rusumli yuk transport vositasining hujjatlari oʻrganildi.

Ekspertiza xulosalariga koʻra, 485 million soʻm imtiyoz asosida olib kirilayotgan yuqoridagi avtotransport vositasining yorliqlaridagi maʼlumot bilan transport vositasining holati ishlab chiqarilgan yilini notoʻgʻri koʻrsatish orqali noqonuniy imtiyoz olishga urinish bilan bogʻliq boʻlganligi aniqlandi.

Bojxona toʻlovlarini toʻlamaslik maqsadida mazkur avtotransport vositasi hujjatlarda koʻrsatilganidek 2017-yilda emas, balki 2014-yilda ishlab chiqarilganligi maʼlum boʻldi.

Tezkor tadbir davomida yana bir shunday holatga aniqlik kiritildi. Natijada fuqaro K.Sh ga tegishli “Howo” rusumli yuk avtotransport vositasida soxta hujjatlar rasmiylashtirilganligi maʼlum boʻldi. 480 million soʻm imtiyoz asosida olib kirilayotgan mazkur transport vositasi ham 2017-yilda emas balki 2012-yilda ishlab chiqarilganligi maʼlum boʻldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.